457 research outputs found

    Mechanism of selective lesion of the cardiovascular system in psycho-emotional stress

    Get PDF
    A species predisposition to hypertensive and ischemic heart disease occurs in mammals only at the level of primates, and is associated with social regulation of biological reactions. The specific physiological mechanism giving rise to psychonerogenic pathology may be an inhibition of the motor component of the agressive-defensive response. Repeated combination of pursuit with subsequent immobilization resulted in four out of five experimental baboons developing serious arterial hypertension and ischemic lesion of the heart which lasted many years

    Musiqiy faoliyatda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash metodlari

    Get PDF
    Ushbu maqolada musiqiy faoliyat orqali bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslari va amaliy metodlari yoritilgan. Ijtimoiy-emotsional rivojlanish bolaning his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish, boshqalar bilan muloqot qilish va ijtimoiy muhitga moslashish qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqa bolalarning emotsional intellektini rivojlantirish, empatiуa qobiliyatini shakllantirish va ijtimoiy ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada musiqiy o‘yinlar, jamoaviy kuylash, musiqiy-dramatik faoliyat va improvizatsiya orqali bolalarda ijtimoiy-emotsional kompetentsiyalarni rivojlantirishning samarali usullari taqdim etilgan. Shuningdek, tarbiyachilar va musiqa rahbarlari uchun amaliy ko‘rsatmalar berilgan

    Fortepiano o‘qitishda o‘quvchining emotsional idrokini rivojlantirish usullari

    Get PDF
    Ushbu maqolada fortepiano ta’limi jarayonida o‘quvchilarning emotsional idrokini rivojlantirish usullari, bu usullarning nazariy asoslari, amaliy metodlari va pedagogik yondashuvlari chuqur tahlil qilingan. Fortepiano o‘rgatishda faqat texnik ko‘nikmalar emas, balki musiqiy asarlarning mazmuni, xarakteri va emotsional boyligini his qilish ham muhim o‘rin egallaydi. Emotsional idrokni rivojlantirish orqali o‘quvchilar chuqurroq musiqiy tafakkurga ega bo‘ladi, ijrochilik madaniyati shakllanadi va musiqaga bo‘lgan individual munosabat kuchayadi. Pianino o‘qitishning o‘yinga asoslangan yondashuvi, ayniqsa, bolalar uchun o‘quv jarayonini yanada qiziqarli, rag‘batlantiruvchi va samarali qilish uchun o‘yin elementlaridan foydalanadigan usuldir

    Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishida emotsional intellektning ahamiyati

    Get PDF
    Ushbu maqolada sud psixolog eksperti faoliyatida sotsial-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr yuritilib, sud psixolog eksperti sotsial-psixologik kompetentligi va emotsional intellektini rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, komponentlarini aniqlash, sud psixolog ekspertidagi kommunikativ, emotsional va shaxslilik komponentlarining namoyon bo‘lishi va rivojlanishini tadqiq qilish; sud psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik kompetentligini rivojlantirishda ularning sud-huquq tizimi bilan bog‘liqligi ochib berilgan

    Bog‘cha yoshidagi o‘quvchilarda musiqiy tafakkurni rivojlantirishning innovatsion yo‘llari

    Get PDF
    Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda musiqiy tafakkurni rivojlantirishning zamonaviy innovatsion metodlari va yondashuvlari tahlil qilingan. Musiqiy tafakkurning tarkibiy qismlari, shakllanish bosqichlari va rivojlanish omillari ko‘rib chiqilgan. Kreativ pedagogika, improvizatsiya, STEAM-yondashuv, neyropedagogika yutuqlari va raqamli texnologiyalar asosida musiqiy intellektni rivojlantirish usullari taqdim etilgan. Amaliy tajribalar, eksperimental ishlар natijalari va pedagoglar uchun metodik tavsiyalar keltirilgan. Musiqiy tafakkurni rivojlantirishning bolalarning umumiy kognitiv qobiliyatlari va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri ilmiy asoslangan
    corecore