Yurak ishemik kasalligi (YUIK) kardiologiya, farmakoterapiya va intervension texnologiyalar sohasidagi sezilarli yutuqlarga qaramay, butun dunyoda o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda [1]. YUIK kechishi va prognozini og‘irlashtiradigan eng muhim omillardan biri semizlikdir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘ttiz yil ichida semizlik tarqalishi ikki barobardan ko‘proq oshdi va global epidemiya tusini oldi [2]