Ushbu maqolada neft konlaridan qazib olinadigan qoldiq neftlarning xossasiga hamda quduqning so‘nish davrida suv miqdorining ortishiga mos nasos tanlash medodikasi haqida ma’lumotlar keltirildi. Shu bilan birga nasoslarni tanlash uchun iqtisodiy jihatdan kam xarajat talab qilinadigan hamda ta’mirlash ishlari qisqa vaqt talab qiladigan nasoslar tanlab olindi va ularni ishlatish ussullaridan foydalanish uchun zarur tavsiyalar berildi